Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shimoliy hududlarda faqat 3−4-mart kunlari yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Havo harorati kechalari +3…+8 daraja, respublika shimolida −3…+2 daraja, kunduz kunlari +10…+15 daraja atrofida boʻladi. Hafta oʻrtasida esa harorat qisqa muddatga +7…+10 darajagacha pasayadi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi.

2−6-mart kunlari Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Dushana va seshanba kunlari kunduzi harorat +11…+13 daraja boʻladi. Keyinchalik harorat asosan kechalari +4…+7 daraja boʻladi, kunduz kunlari +8…+10 darajagacha pasayadi.