Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, eng koʻp roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar Qashqadaryo viloyatidan (103 ming 972 nafar). Keyingi oʻrinlardan Samarqand (99 210 nafar), Fargʻona (83 409 nafar), Toshkent (76 884 nafar) va Surxondaryo (72 883 nafar) viloyatlari joy olgan.
Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar roʻyxatida esa Oʻzbekiston milliy universiteti (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan) peshqadamlik qilmoqda:
Oʻzbekiston milliy universiteti — 32 630 nafar;
Fargʻona davlat universiteti — 26 250 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 26 136 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 25 473 nafar;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 24 936 nafar.
Maʼlumot uchun, bugun abituriyentlarni roʻyxatga olish yakunlanadi.