Hujjatga koʻra,BYD Auto kompaniyasi va “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan mamlakatimizda gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchi “BYD Uzbekistan Factory” qoʻshma korxonasi tashkil etiladi. Investitsiya loyihasining birinchi va ikkinchi bosqichlarida rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmi 50 ming dona, uchinchi bosqich yakunlanishi bilan esa bu koʻrsatkich 300 ming dona avtomobilni tashkil etadi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Marosimda taʼkidlanganidek, BYD Uzbekistan Factory elektromobillar boʻyicha jahon yetakchisining Xitoydan tashqarida birinchi qoʻshma korxonasi boʻladi, bunga Oʻzbekistonning mashinasozlik sohasida sanoat, fan va texnika yutuqlari hamda Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi tufayli erishildi.

Maʼlumot uchun: 2022-yilda Xitoy konserni muqobil energiyada harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha jahon yetakchisiga aylandi.