Oʻzgidromet tarqatgan maʼlumotga koʻra, yaqin dam olish kunlari mamlakatning barcha hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim joylarda tuman tushishi kuzatilishi mumkin. Shamol asosan sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.

Bugun kunduzi hududning katta qismida havo harorati 8–11 daraja iliqqacha koʻtariladi. Shanba va yakshanba kunlari esa kunduzgi harorat 12–15 daraja iliqqacha isiydi. Kechasi va ertalab ham havo asta-sekin iliqlashib, yakshanba kuniga kelib 0–3 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida yogʻingarchilik prognoz qilinmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Bugun kunduzi havo harorati 9–11 daraja iliq boʻladi. Dam olish kunlari esa kechalari 1–3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13–15 daraja iliqqacha koʻtarilishi kutilmoqda.