баннер
26 Mar 2025
06:51

    Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 116 mlrd soʻm soliq toʻlagan

    Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yilda 115,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2023-yilga nisbatan 1,5 barobar koʻp.

    Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, toʻlangan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga toʻgʻri keladi:

    • Meta — 41,7 mlrd soʻm;
    • Google — 29 mlrd soʻm;
    • Apple — 27,3 mlrd soʻm;
    • Amazon — 4,1 mlrd soʻm;
    • Vooking.som — 3,6 mlrd soʻm;
    • Netflix — 1,4 mlrd soʻm;
    • Zoom — 1,4 mlrd soʻm;
    • Acca — 1,2 mlrd soʻm;
    • Xsolla — 966,7 mlrd soʻm;
    • TikTok — 903 mlrd soʻm.

    Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech