Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi maʼlumot bergan.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan muhim sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun ularning imkoniyatlarini jalb qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshish imkoniyatiga ega 484 nafar vatandoshlarimizni oʻz ichiga olgan “Oltin daftar” shakllantirildi.
Shuningdek, qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida 15 747 nafar fuqarolarimiz xorijiy mamlakatlarda ishga joylashtirildi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda Oʻzbekistonda kambagʻal qatlam uchun “Temir daftar”, ishsiz va koʻmakka muhtoj ayollar uchun “Ayollar daftari” va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Yoshlar daftari” shakllantirilgan.