Oʻzbekistonda yetishtirilgan oʻrik va gilos Rossiyaning Sibir oʻlkasi bozorlarini zabt etmoqda

    Shu yilning 8-12-may kunlari Oʻzbekistonda yetishtirilgan yangi oʻrik va gilos mevalarining birinchi partiyasi Rossiyaning Novosibirsk viloyatiga eksport qilindi.

    “NGS.ru” elektron portalining «Rosselxoznadzor« Sibir hududlararo boshqarmasi maʼlumotiga tayanib maʼlum qilishicha, Oʻzbekistondan keltirilgan meva va rezavorlar Novosibirsk doʻkonlari peshtaxtalariga qoʻyilishidan oldin fitosanitariya nazoratidan muvaffaqiyatli oʻtgan.

    «Barcha meva va rezavorlar partiyalari majburiy hujjatlarga ega, ularning xavfsizligi fitosanitariya ekspertizasi xulosalari bilan tasdiqlangan«, – deyiladi manbada.

    Bugungi kunda Novosibirsk va Sibirning boshqa shaharlariga Oʻzbekistonda yetishtirilgan 167 tonna oʻrik va 5,5 tonna gilos yetkazib berildi.