YEXHT Parlament assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi 24-oktyabr kuni Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovini kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi. 21-oktyabr kuni Markaziy saylov komisiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayevning YEXHT qisqa muddatli kuzatuvchilarning maxsus koordinatori Reynxold Lopatka va Daniyella de Ridder – YEXHT delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev muloqot chogʻida mexmonlarni Oʻzbekiston saylov qonunchiligidagi yangiliklar, Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Qayd etilganidek, saylov jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida jamoatchilikka oʻz vaqtida maʼlumot berib borish uchun MSK Matbuot markazi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyat olib bormoqda.  Ushbu maqsadga akkreditatsiyadan oʻtgan jami 1672 ta  ommaviy axborot vositalari vakillari ham oʻz hissasini qoʻshadi. Asosiy vazifa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi umumeʼtirof etilgan xalqaro prinsiplar va huquqiy normalarga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlashdan iborat.

Ushbu maqsadni amalga oshirishda xalqaro kuzatuvchilarning saylovlarda ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning turli institutlariga saylovlarni kuzatish uchun taklifnomalar yuborildi. Akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro kuzatuvchilar soni 969 tani tashkil etadi. Bulardan 629 ta xalqaro tashkilotlardan, 340 tasi xorijiy davlatlardan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, YEXHT PA delegatsiyasi tarkibiga Fransiya, Chexiya, Gretsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Estoniya, Latviya va boshqa 25 davlatlar parlamentlarining 120 yaqin vakillari kiradi, deb xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati