Oʻzbekistonda gastronomik terminlarning elektron lugʻati yaratildi

    Turizm 8 Yanvar 2021 1166

    Oʻzbekiston gastronomik turizm assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizning gastronomik turizm salohiyatini yana-da oshirish maqsadida sohadagi terminlarning elektron lugʻati yaratildi.

    Mazkur lugʻat oʻzbek, rus, ingliz tillarida tayyorlangan boʻlib, undan gastronomik terminlar, taom tayyorlash jarayoni va bosqichlarini ifodalovchi soʻz birikmalari hamda ularning tarjimasi oʻrin egallagan.

    Lugʻat nafaqat yurtimizdagi restoran va umumiy ovqatlanish tizimida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga, qolaversa, Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun ham qulaylik yaratadi. Bunda elektron lugʻat yordamida taomnomalarni bemalol tarjima qilish, taom tarkibi, uning tayyorlanish jarayoni haqida batafsil maʼlumot berilgan.

    Lugʻat intellektual mulk agentligida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, sayyohlar va mijozlarning foydalanishi uchun qulaydir. Shu oʻrinda, foydalanuvchilar uchun juda qulay va oson platformada yaratilgan elektron lugʻat ilovasi Play market tarmogʻida ham joylangan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.