Faqat respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida ayrim kunlarda, asosan kechga yaqin va Toshkent viloyatida 1-iyunda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Ish haftasi davomida koʻpchilik viloyatlarda havo harorati kechalari 22-25° ni, kunduz kunlari 37-39° ni, janubda va choʻl hududlarida 38-43° ni tashkil etadi. Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori boʻladi.

31-may va 1-2-iyunda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi