Bugun Savdo-sanoat palatasida Litvaning “Halal control Lithuania” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda “Halol” standartni joriy etish orqali mahsulotlar eksporti salohiyatini oshirish, “Halol” standarti joriy etilgan istiqbolli bozorlarga milliy mahsulotlarni yetkazib berilishini taʼminlash hamda “Halol” standartini mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga joriy etish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakuniga koʻra tomonlar “Halol” standartini Oʻzbekistonda keng joriy etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.