баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    O'zbekistonda havo harorati +46 darajagacha isishi kutilmoqda

    Yashil sayyora 23 Iyul 2021 332

    24-26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda.

    O‘zgidromet xabar berishicha shu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘ladi.

    Kunduz kunlari havo +40...+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +45...+46 darajagacha isiydi.

    25-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.