Institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash tomonidan U.B. Xalilov tayyorlagan doktorlik ishi taqdimoti yuqori baholandi hamda mavzu boʻyicha chop qilingan ilmiy maqolalari OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 1-bob, 5-bandi talablariga toʻliq mos keladi deb topilib, fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish loyiqligi haqidagi xulosa bir ovozdan maʼqullandi.
Shuningdek, Institut Ilmiy kengashi aʼzolari tomonidan dissertatsiya himoyasisiz fan doktorlik (DSc) ilmiy darajasini olishga talabgor M.S.Yusupovning “Sovuq plazma bilan biomolekulalar oʻzaro taʼsirining molekulyar mexanizmlari” mavzusida Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi mutaxassiligi boʻyicha f.-m.f.d. (DSc) ilmiy darajasini himoyasiz olish uchun tayyorlagan ishi ham koʻrib chiqildi va muhokama qilindi.
M.S.Yusupovning doktorlik ishi mavzusi boʻyicha jami 23 ta ilmiy maqolalarini impakt-faktori tegishli darajada va undan yuqori boʻlgan hamda Web of Science xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda chop qilgan. Chop qilingan jurnallarning eng yuqori impakt-faktori 7.79 (edox Biology, Web of Science tizimi boʻyicha) ni va eng kichik impakt-faktori esa 1.74 (Biophysical Chemistry, Web of Science tizimi boʻyicha)ni tashkil qiladi. Ilmiy ishlar chop etilgan jurnallarning umumiy impakt-faktori 79.78 ga va oʻrtacha impakt-faktori esa 3.47 ga teng. Talabgorning Skopus xalqaro bazasidagi Xirsh indeksi 13 ga teng va uning ilmiy ishlariga xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan (impakt faktori 1.79 – 54.30 boʻlgan jurnallarda) shu kungacha 511-marta havola qilingan.
Institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash tomonidan M.S.Yusupov doktorlik ishi taqdimoti yuqori baholandi hamda doktorlik ishi mavzusi boʻyicha chop qilingan ilmiy maqolalari OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 1-bob, 5-bandi talablariga toʻliq mos keladi deb topilib, Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi ixtisosligi boʻyicha fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish loyiqligi haqidagi xulosa bir ovozdan maʼqullandi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu himoya Fanlar akademiyasida chet elda faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuqori malakali vatandosh olimlarni respublikamizdagi yangilanish jarayonlariga jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasi boʻlib, U.Xalilov va M.Yusupovlar 10 yildan ortiq chet eldagi ilmiy safardan soʻng OʻzR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida ishlash istagini bildirishdi. Hozirda U.Xalilov Institutda yetakchi ilmiy xodim sifatida oʻz faoliyatini boshladi.