Oʻzbekistonda ikkinchi yirik GES qurilishi boshlandi

    Energetika 29 Noyabr 2021 2642

    Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida kattaligi boʻyicha Chorvoq GESidan keyin respublikada ikkinchi oʻrinda turadigan GES qurilishi uchun Pskem daryosi toʻsib qoʻyildi.

    Pskem suv ombori toʻgʻonining balandligi 200 metrni tashkil etadi. GES qurilishi loyihasi doirasida umumiy qiymati 799,6 million dollarlik investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilgan.

    400 MVt quvvatga ega Pskem GESi ishga tushirilgach, yiliga 950 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

    2026-yilga moʻljallangan yangi GESning ishga tushirilishi yiliga 250 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi, deb xabar beradi “Chistaya energiya/Sof Energiya” jurnali.