Shu bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifati, raqobatbardoshliligini oshirish va halqaro bozorlarda oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish maqsadida bir qator zarur loyihalar amalga oshirilib kelmoqda.

Jumladan, Milliy sifat infratuzilmasini xalqaro meʼyorlarga moslashtirish maqsadida, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash sohalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari qayta koʻrib chiqildi.

Xususan, 30 mingga yaqin ichki standartlardan qariyb 20 mingtasi xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirildi, xalqaro standartlar reestri shakllantirildi.

Bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining toʻliq ishlashiga toʻsqinlik qiladigan 6 mingga yaqin eskirgan standartlardan foydalanish toʻxtatildi va 3,5 ming standart zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirildi. 26 ta xalqaro texnik reglamentning mahalliy analoglari ishlab chiqilgan.

– tadbirkorlik subyektlari uchun mahsulotlarni ishlab chiqarishda va olib kirishda muvofiqligini tasdiqlash tartibotlari xalqaro talablar asosida takomillashtirildi.

Xususan, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shugʻullanadigan 47 ta korxona global GAP va organik standartlariga muvofiq sifat tizimini faol ravishda amalga oshirmoqda.

 Toʻqimachilik sanoatida respublika boʻyicha 98 ta korxonalar Oeko-Tex standartlariga muvofiq sertifikatlangan, ularning aksariyati Yevropa Ittifoqida talab qilinadigan idoralar markalash sertifikatini olgan

– Respublikada ishlab chiqarilayotgan va olib kirilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sinovlarini oʻtkazish boʻyicha jami 12 ta (8 ta oziq-ovqat,

3 ta metall va 1 ta elektromagnit moslashuvchanlik laboratoriyalari) zamonaviy sinov laboratoriyalar tashkil etildi;

Bunda, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) va uning 16 ta hududiy filiallari tashkil etildi. Xalqaro tashkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX STAN) standartlari, talab va meʼyorlariga muvofiq yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sinovlarini toʻliq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan iborat sinov va nazorat kompleksi tashkil etildi.

– Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, eksportbop mahsulotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va fermer xoʻjaliklarida xalqaro standartlarni joriy etish hamda tadbirkorlik subyektlariga standartlashtirish, sertifikatlashtirish harajatlarini qoplab berish mexanizmi yoʻlga qoʻyildi.

Bulardan tashqari, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida korxonalarga 1292 ta, shundan, standartlashtirish – 350 ta, metrologiya – 161 ta, sertifikat-lashtirish – 272 ta, sifat menejment tizimlari masalalari – 354 ta, qadoqlash va yorliqlash – 77 ta va boshqa masalalarda 98 ta konsultativ xizmatlar koʻrsatildi.

Buning natijasida, hududlarda joylashgan 177 ta tumandagi 1016 ta korxonaning 75 turdagi mahsulotlarini dunyoning 40 ta mamlakatiga eksport qilinishida amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Respublika hududlarida faoliyat yurituvchi 212 ta eksportyor korxonaga hududlar sertifikatlash idoralari tomonidan 360 ta sinov bayonnomalari va 250 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.

Natijada dunyoning 15 ta davlatiga qiymati 20,4 mln AQSH dollar boʻlgan mahsulotlar eksport qilinishiga erishildi.

Oʻtgan 9 oy davomida hududlardagi 2553 ta korxonadagi 2640 ta investitsiya dasturi doirasida ishga tushiriladigan korxonalar manzilli oʻrganilib, ularga 2593 ta, shundan standartlashtirish – 619 ta, metrologiya – 195 ta, sertifikatlashtirish – 601 ta, sifat menejment tizimlari masalalari – 415 ta, qadoqlash va yorliqlash – 140 ta va boshqa masalalarda 623 ta konsultativ xizmatlar va amaliy yordam koʻrsatildi.