Mazkur Alifbo Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT TD va Adliya vazirligi, Bosh prokuratura bilan hamkorlikda eʼlon qilingan grant tanlovi doirasida ishlab chiqildi.

Loyiha ijrochisi — “Muloqot” nodavlat tashkiloti.

Alifbo bolalar, yoshlar va pedagog-murabbiylar uchun moʻljallangan.

Alifbo hayotda tez-tez uchrab turadigan 25 ta atamani taqdim etadi. Alifboni tayyorlashda rassomlar va huquqshunoslar, loyiha aʼzolaridan iborat boʻlgan mualliflik jamoasi hazil yoʻnalishiga amal qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga ijodiy yondashishgan.