Ushbu kitob zamonaviy AR texnologiyalariga asoslangan bo'lib, yurtimiz ta'lim tizimi uchun yangilik sanaladi. Kitob yordamida talabalar nafaqat nazariy, balki 3D modellar orqali amaliy bilimlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Kitob qurilish materiallari va buyumlari faniga oid yurtimizdagi ilk 4D modellashtirilgan manba bo'lib, muallif uni yaratish davomida ushbu fan bo'yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlariga tayangan.