Oʻzbekistonda ilk bor baland togʻ muz maydonining ochilishi boʻlib oʻtdi

    Turizm 11 Yanvar 2022 2736

    Amirsoy Mountain Resort hududida “Amirsoy” muz maydoni ochildi. Turizm va sport vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

    “Amirsoy” muz maydoni Oʻzbekistonda birinchi baland togʻda joylashgan umumiy maydoni 70x41 m2 muz yoʻlagi hisoblanadi. Muz maydonida uchish xizmatlari yarim soatlik va bir soatlik seanslar orqali taqdim etiladi. Dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar zarur hollarda individual va guruh darslaridan foydalanishlari mumkin. Barcha mashgʻulotlar professional instruktorlar nazorati ostida interaktiv tarzda oʻtkaziladi. Shuningdek, muz maydoni oʻziga xos– yorugʻ yulduzlar nuri ostida maftunkor kechki muz maydonida uchish xizmatini koʻrsatadi.

    Muz maydoni hududida jamoaviy sport oʻyini — kyorling ham oʻrin olgan. Har bir moʻljalga urishdan maqsad toshni imkon qadar shaxsiy hudud markaziga yaqinroq otish yoki raqibining toshlarini shaxsiy hududdan chiqarib yuborishdan iborat.

    Yozda muz maydoni hududi sport maydonchasiga aylantiriladi, bu yerda dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar rolik va skeytbordlarda uchishlari mumkin. Oʻz navbatida, Archa maydoni tashrif buyuruvchilar uchun shirm-barga ega terassaga aylantiriladi, u yerda ular sneklar yoki fastfudlar bilan tamaddi qilib olishlari mumkin boʻladi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.