Qayd etilishicha, izohli lugʻat kitobxonlar ommasi, davlat xizmatchilari, xususan yoshlarning davlat boshqaruviga doir bilimlarini oshirishni nazarda tutadi. Unda 600 dan ortiq termin, soʻz va soʻz birikmalari oʻrin olgan.

Nashrni amalga oshirishdan koʻzlangan yana bir maqsad – davlat boshqaruvi sohasiga qiziquvchilar uchun shu sohadagi terminlar, birikma va nomlarni oʻrganish va oʻz faoliyatlarida qoʻllash imkoniyatini taqdim etishdir.

Muallifga koʻra, ayni kunlarda kitob asosida “UzPA” nomli mobil ilova yaratish ishlari ham olib borilmoqda. Ilovaga davlat boshqaruviga oid 600 dan ortiq terminlarning oʻzbek, ingliz, rus va koreys tillaridagi versiyalari ham matn, ham audio shaklda joylanadi. Bu foydalanuvchida nafaqat soʻzlarning maʼnosini bilish, balki ularni o‘zbek va xorijiy tillarda toʻgʻri talaffuz qilish koʻnikmasini oʻrganishiga yordam beradi.

Shuningdek, ilovada qoʻshimcha ravishda savodxonlik testi, “Temur tuzuklari” asosida oʻziga xos pazlli oʻyin joy oladi. Bu foydalanuvchi uchun ilovaning qiziqarliligini oshiradi.

Taʼkidlanishicha, ilova tez kunda “Play Market” va “App Store” platformalariga joylashtiriladi va barcha uchun bepul yuklab olish imkoniyati yaratiladi.