“Kikboksing sport turining tatami, ring, professional, koʻrgazma kabi 7 ta yoʻnalishi bor. «Uzbekistan open” xalqaro turniri 5 ta yoʻnalish boʻyicha tashkil etilmoqda. Oʻzbekistondan 10 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan sportchilar qatnashadi.
Kikboksing assotsiatsiyasi huzurida “Kikboksing Pro” nomli promoushen ochilgan, shu yerda Oʻzbekistonda ilk bor “WAKO Pro” yoʻnalishida professional janglar oʻtkaziladi. 16-iyun kuni 11 ta jang boʻlib oʻtadi, dunyoning 9 ta davlatidan 15 nafar jangchi, jumladan, Oʻzbekistondan 6 nafar sportchi professional yoʻnalishda kurash olib boradi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda birinchi marta professional yoʻnalishda qitʼalararo kamar uchun jang oʻtkaziladi. Bunda ukrainalik va oʻzbekistonlik sportchi bellashadi».