Unda 2021-yil 3-martdan 3-aprelga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan 700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Test sinovlari Qoraqalog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda tashkil etildi.

Biologiya fanidan milliy sertifikatlash tizimi uchun test sinovlari esa 12-may kuni o‘tkaziladi.