Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, ushbu musobaqa FIFAning League Development Programme (Ligalarni rivojlantirish dasturi) doirasida tashkil etilib, yurtimizda ayollar futbolini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyihaning muhim bosqichidan biri hisoblanadi.
Chempionatning asosiy maqsadlari:
- — Kichik yoshdagi qizlar orasida futbolga qiziqishni oshirish;
- — Yangi boshlayotgan futbolchi qizlar uchun doimiy oʻyin amaliyotini taqdim etish;
- — Iqtidorli futbolchi qizlarni aniqlab, ularni akademiyalarga yoʻnaltirish;
- — Qizlar futboli bilan shugʻullanayotgan murabbiylar va maktablarni qoʻllab-quvvatlash;
- — Sogʻlom turmushni targʻib etish.
Chempionat mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Musobaqa 12 yoshgacha boʻlgan qizlar uchun moʻljallangan formatda — kichikroq maydonlar, vaqt va soddalashtirilgan qoidalar asosida oʻtkaziladi.