Oʻzbekistonda ilk bor robot yordamida bosh miya biopsiyasi bajarildi

    Oʻzbekistonda ilk bor zamonaviy neyrojarroh robot — “B Remebot” yordamida bosh miya sohasidan biopsiya olish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

    Ushbu noyob va murakkab jarrohlik amaliyoti Milliy tibbiyot markazi bajarildi. Ushbu innovatsion texnologiya orqali operatsiya yuqori aniqlik, minimal shikast va bemor salomatligiga eng kam xavf bilan bajarildi. Robot miya toʻqimalaridan tahlil uchun zarur namunalarni aniq va xavfsiz tarzda olish imkonini berdi.

    Mutaxassislarning aytishicha, endilikda “B Remebot” roboti yordamida miya oʻsimtalarini aniqlash va olib tashlash, Epilepsiya va Parkinson kasalligini davolash, miya qon tomir kasalliklari, shikastlanishlar va murakkab tashxislarni aniqlash mumkin boʻladi.

    Aytish kerakki, bu Oʻzbekiston neyrojarrohlik sohasida katta qadam boʻlib, bemorlar salomatligini asrash borasida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.