Uzbekistan GTL zavodida Oʻzbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida birinchi sintetik GTL dizel mahsuloti ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi, deya xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Erishilgan kelishuvlarga koʻra, 5 ming tonna miqdorida ishlab chiqarilgan sintetik dizelning birinchi partiyasini Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuborish rejalashtirilgan.
“Zavodning asosiy ishga tushirish ishlari, shu jumladan 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ishlashini taʼminlash, shuningdek, ularni toʻliq nazorat qilish va boshqarish Uzbekistan GTL zavodining mahalliy muhandislari va yosh mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.