O'zbekistonda ilmiy darajaga ega muzey xodimlarining maoshi oshirildi

    Madaniyat 26 Oktabr 2021 2222

    Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.

    Qayd etilishicha, davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari, uy muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlarning quyidagilarga ega ma'muriy-boshqaruv xodimlari, ijodiy xodimlari va mutaxassislari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:

    - fan doktori ilmiy darajasiga yoki fan doktori (Doctor of Science) yoki xorijiy davlatlarning ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lganlarga - 2,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi;

    - fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy davlatlarning ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lganlarga - 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.

    Davlat madaniyat muassasalari 2021 yil 1 yanvardan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari o‘zgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab to‘lanishini ta’minlash topshirilgan.