Oʻzbekiston 1993-yildan buyon BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi xadli konvensiyasining (keyingi oʻrinlarda - Konvensiya) aʼzosi hisoblanib, ushbu Konvensiyaning Parij bitimi (keyingi oʻrinlarla - Bitim) 2017-yilda imzolangan va 2018-yilda ratifikatsiya qilingan hamda uni bajarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi.
Mamlakatimiz tomonidan ushbu majburiyat doirasida issiqxona gazlari tashlamalarini 2030-yilga qadar 2010-yildagi darajadan 10 foizga qisqartirishga erishilishi taʼminlanishi lozim.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 1 - 2-noyabr kunlari Glazgo shahrida (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Konvensiyaning 26-konferensiyasiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Oʻzgidromet markazi mutasaddi xodimlaridan iborat Ishchi guruhning kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tahlillarga koʻra, respublika iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan tashlanadigan issiqxona gazlarni xatlovdan oʻtkazish orqali 2010-yilda tashlangan issiqxona gazlarining solishtirma tashlamalarga nisbatan 43,2 foizga kamayganini hisob-kitoblar koʻrsatmoqda.
Soʻnggi yillarda energetika, sanoat, qishlok xoʻjaligi, maishiy chiqindilarni xosil boʻlishi va qayta ishlashni yaxshilashni taʼminlash sohasida izchil isloxatlar olib borilmoqda. Natijada ushbu sohalarni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, 2030-yilgacha boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan.
Maʼlumot uchun: joriy yil 30-31-may kunlari Seul shahrida (Koreya Resaublikasi) “onlayn” formatda boʻlib oʻtgan “Yashil oʻsish va global maqsadlar yoʻlida hamkorlik - 2030” halqaro sammiti yakuni bilan qabul qilingan “Seul deklaratsiyasi” 6-bandida mamlakatlarni Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarni bajarish va yuqori ambitsiyali koʻrsatkichlarni qabul qilishga chaqirilgan.
Davlat ekologiya qoʻmitasi
matbuot xizmati









