Oʻzbekistonda iqtisodiy faol aholining 33 foizi kamida bitta bank kreditiga ega

    Moliya 2 Iyul 2025 2798

    Markaziy bank taqdim etgan maʼlumotga koʻra, Oʻzbekistonda iqtisodiy faol aholining 33 foizi, yaʼni qariyb 5 million kishi kamida bitta bank kreditiga ega.

    Qayd etilishicha, shuningdek, kredit oluvchilarning qariyb 27 foizi, yaʼni 1,4 million nafari 2 ta yoki undan ortiq kreditga ega.

    Bu koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan sezilarli oʻsishni koʻrsatmoqda. Masalan, 2020-yil boshida 3 ta yoki undan ortiq kreditga ega boʻlganlar ulushi 5 foiz boʻlgan boʻlsa, 2025-yilning iyuniga kelib bu raqam 11 foizga yetgan.

    2 ta kreditga ega boʻlgan fuqarolar ulushi esa shu davr mobaynida 13 foizdan 16 foizgacha oʻsgan.

    Bu oʻzgarishlar aholining kredit mablagʻlaridan koʻproq foydalanayotganini anglatadi.

    Yana bir muhim jihat — kreditlar sonining yildan yilga qanday oʻzgarayotganidir.

    2020-yilda 1 ta kreditga ega boʻlganlar ulushi 82 foiz boʻlgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2025-yilning iyunida 73 foizgacha kamaygan. Yaʼni, bitta kredit bilan kifoyalanayotganlar soni pasaygan, bir nechta kreditga ega fuqarolar esa koʻpaygan.