Oʻzbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi 2020-yil iyul oyida pasaygan

    Biznes 11 Avgust 2020 617

    Oʻzbekistonda 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek, ushbu choralarning 15-avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatdi.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020-yil iyul oyida quyidagilarni tashkil etdi:

    • 2020-yil iyun oyiga nisbatan – 959 birlikni (pasayish – 4,1%);
    • 2019-yilning iyun oyiga nisbatan – 894 birlikni (pasayish – 10,6%).

    Oʻzbekistonda 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek, ushbu choralarning 15-avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatdi.

    Joriy yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi nafaqat oʻtgan oyga nisbatan, balki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ham pasayganligi kuzatildi.

    1-rasm. 2020 yilning iyul oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 4,1 foizga kamaygan.

    Komponentlar darajasida oʻzgarishlar boʻlgan

    2020-yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 4,1 foizga pasayib, 959 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:

    • xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 7,8 foizga kamaygan;
    • faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 1,0 foizga oshgan;
    • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 0,7 foizga oshgan;
    • tovar belgilari boʻyicha komponent 62,4 foizga kamaygan.

    Hududlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtgan oydagi kabi eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan.

    2020-yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 10 ta hududida oʻtgan oyga nisbatan oʻsish kuzatilgan. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (33,4%), Surxondaryo (28,9%), Samarqand (15,7%), Buxoro (12,6%) va Xorazm (10,9%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).

    Shu bilan birga, Andijon (6,0%), Sirdaryo (2,4%), Namangan (1,7%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3,7%) oʻtgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

    2-rasm. 2020-yil iyul oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

    Bank hisob varaqalari boʻyicha operatsiyalar

    2020-yil iyul oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 3 751,7 ming tani tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 319,0 ming tranzaksiyaga (7,8%) kamaygan. Shuningdek, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 38,3 foizga sezilarli darajada kamaygan.

    Barcha hududlarda banklararo toʻlov operatsiyalari soni kamaygan.

    2020-yil iyulda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan pasaygan. Xususan, sezilarli darajadagi pasayish v Buxoro (-14,7%), Qashqadaryo (-14,7%), Sirdaryo (-14,5%) va Navoiy (-14,2%) viloyatlarida kuzatilgan.

    Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik

    2020-yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,007 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 0,7 foizga oshdi. Ushbu komponentning oshishi bitimlar sonining 25,5 foizga oshishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha jismoniy hajmi 24,1 foizga pasayib ketgan.

    Iyul oyi natijalariga koʻra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 33 278 ta bitim imzolangan boʻlib, iyun oyiga (26 525) nisbatan 6 753 ta bitmga (25,5 foizga) koʻpaygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020-yil iyul oyida 3 418,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 25,6 foizga pasaygan.

    Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning faolligi

    Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 2020-yil iyul oyida 1,0103 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 1,0 foizga oshgan.

    2020-yil iyul oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni oʻtgan oyga nisbatan 6 993 taga koʻpayib, 479 447 tani (2020-yilning iyun oyida 472 454 ta) tashkil etdi.

    Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 4 taga kamaygan.

    Hisobot davrida kichik korxonalar soni 376 982 tagacha yetib, oʻtgan oyga nisbatan 6 624 taga oshgan. Fermer xoʻjaliklari soni 99 987 tadan 99 460 tagacha (373 taga) koʻpaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subyektlar soni 3 005 tani tashkil etib, 2020-yil iyun oyiga nisbatan 4 taga kamaygan.

    Brendlarni roʻyxatga olish

    2020-yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 0,3758 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 62,4 foizga kamayib ketgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 62 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.

    Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi

    Hududlar

    IFI

    Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

    Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent

    Xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent

    Tovar belgilari boʻyicha komponent

    Qoraqalpogʻiston

    Respublikasi

    1334

    ↓0,8871

    ↑2,0000

    ↑1,0140

    ↓0,0000

    Surxondaryo viloyati

    1289

    ↓0,9061

    ↑1,8757

    ↑1,0094

    ↓0,0000

    Samarqand viloyati

    1157

    ↓0,9786

    ↑1,3836

    ↑1,0144

    ↑1,2500

    Buxoro viloyati

    1126

    ↓0,8529

    ↑1,4984

    ↑1,0154

    ↓0,1667

    Xorazm viloyati

    1109

    ↓0,9459

    ↑1,3921

    ↑1,0057

    ↓0,0000

    Navoiy viloyati

    1069

    ↓0,8585

    ↑1,3682

    ↑1,0063

    ↓0,0000

    Qashqadaryo viloyati

    1032

    ↓0,8528

    ↑1,2807

    ↑1,0048

    ↓0,0000

    Jizzax viloyati

    1018

    ↓0,9862

    ↑1,1262

    ↑1,0121

    ↓0,0000

    Fargʻona viloyati

    1010

    ↓0,8992

    ↑1,1027

    ↑1,0174

    ↑1,0000

    Toshkent viloyati

    1009

    ↓0,9488

    ↑1,1211

    ↑1,0117

    ↓0,1923

    Namangan viloyati

    983

    ↓0,9147

    ↑1,0252

    ↑1,0118

    ↑1,0000

    Sirdaryo viloyati

    976

    ↓0,8548

    ↑1,0627

    ↑1,0079

    ↑1,0000

    Toshkent shahri

    963

    ↓0,9375

    ↑1,0033

    ↑1,0077

    ↓0,3866

    Andijon viloyati

    940

    ↓0,8749

    ↑1,0037

    ↑1,0090

    ↓0,3333

    Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan oʻzgarishi

    Hududlar

    IFI

    Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

    Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent

    Xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent

    Tovar belgilari boʻyicha komponent

    Toshkent shahri

    1357

    ↓0,9937

    1,8325

    1,1820

    ↓0,5227

    Navoiy viloyati

    1342

    ↓0,6296

    2,0000

    1,4620

    ↓0,0000

    Surxondaryo viloyati

    1330

    ↓0,6451

    2,0000

    1,3839

    ↓0,0000

    Xorazm viloyati

    1297

    ↓0,6581

    2,0000

    1,2122

    ↓0,0000

    Samarqand viloyati

    1287

    ↓0,6888

    1,4837

    1,3734

    5,0000

    Toshkent viloyati

    1274

    ↓0,5826

    2,0000

    1,1907

    ↓0,2778

    Jizzax viloyati

    1255

    ↓0,6184

    1,8263

    1,3990

    ↓0,0000

    Qoraqalpogʻiston

    Respublikasi

    1196

    ↓0,6053

    1,8120

    1,1810

    ↓0,0000

    Sirdaryo viloyati

    1131

    ↓0,5753

    1,5567

    1,2567

    1,0000

    Namangan viloyati

    1115

    ↓0,6597

    1,5056

    1,2343

    ↓0,3333

    Buxoro viloyati

    1074

    ↓0,5664

    1,4198

    1,2634

    1,0000

    Qashqadaryo viloyati

    1073

    ↓0,5784

    1,5502

    1,1384

    ↓0,0000

    Fargʻona viloyati

    1062

    ↓0,6246

    1,3965

    1,2255

    ↓0,5000

    Andijon viloyati

    917

    ↓0,6225

    1,0644

    1,1078

    1,0000