Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020-yil iyul oyida quyidagilarni tashkil etdi:

  • 2020-yil iyun oyiga nisbatan – 959 birlikni (pasayish – 4,1%);
  • 2019-yilning iyun oyiga nisbatan – 894 birlikni (pasayish – 10,6%).

Oʻzbekistonda 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek, ushbu choralarning 15-avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatdi.

Joriy yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi nafaqat oʻtgan oyga nisbatan, balki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ham pasayganligi kuzatildi.

 

1-rasm. 2020 yilning iyul oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 4,1 foizga kamaygan.

Komponentlar darajasida oʻzgarishlar boʻlgan

2020-yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 4,1 foizga pasayib, 959 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:

  • xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 7,8 foizga kamaygan;
  • faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 1,0 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 0,7 foizga oshgan;
  • tovar belgilari boʻyicha komponent 62,4 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtgan oydagi kabi eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan.

2020-yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 10 ta hududida oʻtgan oyga nisbatan oʻsish kuzatilgan. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (33,4%), Surxondaryo (28,9%), Samarqand (15,7%), Buxoro (12,6%) va Xorazm (10,9%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).

Shu bilan birga, Andijon (6,0%), Sirdaryo (2,4%), Namangan (1,7%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3,7%) oʻtgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

 

2-rasm. 2020-yil iyul oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

Bank hisob varaqalari boʻyicha operatsiyalar

2020-yil iyul oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 3 751,7 ming tani tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 319,0 ming tranzaksiyaga (7,8%) kamaygan. Shuningdek, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 38,3 foizga sezilarli darajada kamaygan.

Barcha hududlarda banklararo toʻlov operatsiyalari soni kamaygan.

2020-yil iyulda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan pasaygan. Xususan, sezilarli darajadagi pasayish v Buxoro (-14,7%), Qashqadaryo (-14,7%), Sirdaryo (-14,5%) va Navoiy (-14,2%) viloyatlarida kuzatilgan.

Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik

2020-yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,007 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 0,7 foizga oshdi. Ushbu komponentning oshishi bitimlar sonining 25,5 foizga oshishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha jismoniy hajmi 24,1 foizga pasayib ketgan.

Iyul oyi natijalariga koʻra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 33 278 ta bitim imzolangan boʻlib, iyun oyiga (26 525) nisbatan 6 753 ta bitmga (25,5 foizga) koʻpaygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020-yil iyul oyida 3 418,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 25,6 foizga pasaygan.

Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning faolligi

Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 2020-yil iyul oyida 1,0103 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 1,0 foizga oshgan.

2020-yil iyul oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni oʻtgan oyga nisbatan 6 993 taga koʻpayib, 479 447 tani (2020-yilning iyun oyida 472 454 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 4 taga kamaygan.

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 376 982 tagacha yetib, oʻtgan oyga nisbatan 6 624 taga oshgan. Fermer xoʻjaliklari soni 99 987 tadan 99 460 tagacha (373 taga) koʻpaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subyektlar soni 3 005 tani tashkil etib, 2020-yil iyun oyiga nisbatan 4 taga kamaygan.

Brendlarni roʻyxatga olish

2020-yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 0,3758 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 62,4 foizga kamayib ketgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 62 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.

Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent 

Xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 

Tovar belgilari boʻyicha komponent 

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

↑1334 

↓0,8871

↑2,0000

↑1,0140

↓0,0000

Surxondaryo viloyati

↑1289 

↓0,9061

↑1,8757

↑1,0094

↓0,0000

Samarqand viloyati

↑1157 

↓0,9786

↑1,3836

↑1,0144

↑1,2500

Buxoro viloyati

↑1126 

↓0,8529

↑1,4984

↑1,0154

↓0,1667

Xorazm viloyati

↑1109 

↓0,9459

↑1,3921

↑1,0057

↓0,0000

Navoiy viloyati

↑1069 

↓0,8585

↑1,3682

↑1,0063

↓0,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1032 

↓0,8528

↑1,2807

↑1,0048

↓0,0000

Jizzax viloyati

↑1018 

↓0,9862

↑1,1262

↑1,0121

↓0,0000

Fargʻona viloyati

↑1010 

↓0,8992

↑1,1027

↑1,0174

↑1,0000

Toshkent viloyati

↑1009 

↓0,9488

↑1,1211

↑1,0117

↓0,1923

Namangan viloyati

↓983

↓0,9147

↑1,0252

↑1,0118

↑1,0000

Sirdaryo viloyati

↓976

↓0,8548

↑1,0627

↑1,0079

↑1,0000

Toshkent shahri

↓963

↓0,9375

↑1,0033

↑1,0077

↓0,3866

Andijon viloyati

↓940

↓0,8749

↑1,0037

↑1,0090

↓0,3333

Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan oʻzgarishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Hududlar

 

 

IFI

 

 

Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

 

 

Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent 

 

 

Xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 

 

 

Tovar belgilari boʻyicha komponent 

 

 

Toshkent shahri

 

 

↑1357 

 

 

↓0,9937

 

 

↑1,8325

 

 

↑1,1820

 

 

↓0,5227

 

 

Navoiy viloyati

 

 

↑1342 

 

 

↓0,6296

 

 

↑2,0000

 

 

↑1,4620

 

 

↓0,0000

 

 

Surxondaryo viloyati

 

 

↑1330 

 

 

↓0,6451

 

 

↑2,0000

 

 

↑1,3839

 

 

↓0,0000

 

 

Xorazm viloyati

 

 

↑1297 

 

 

↓0,6581

 

 

↑2,0000

 

 

↑1,2122

 

 

↓0,0000

 

 

Samarqand viloyati

 

 

↑1287 

 

 

↓0,6888

 

 

↑1,4837

 

 

↑1,3734

 

 

↑5,0000

 

 

Toshkent viloyati

 

 

↑1274 

 

 

↓0,5826

 

 

↑2,0000

 

 

↑1,1907

 

 

↓0,2778

 

 

Jizzax viloyati

 

 

↑1255 

 

 

↓0,6184

 

 

↑1,8263

 

 

↑1,3990

 

 

↓0,0000

 

 

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

 

 

↑1196 

 

 

↓0,6053

 

 

↑1,8120

 

 

↑1,1810

 

 

↓0,0000

 

 

Sirdaryo viloyati

 

 

↑1131 

 

 

↓0,5753

 

 

↑1,5567

 

 

↑1,2567

 

 

↑1,0000

 

 

Namangan viloyati

 

 

↑1115 

 

 

↓0,6597

 

 

↑1,5056

 

 

↑1,2343

 

 

↓0,3333

 

 

Buxoro viloyati

 

 

↑1074 

 

 

↓0,5664

 

 

↑1,4198

 

 

↑1,2634

 

 

↑1,0000

 

 

Qashqadaryo viloyati

 

 

↑1073 

 

 

↓0,5784

 

 

↑1,5502

 

 

↑1,1384

 

 

↓0,0000

 

 

Fargʻona viloyati

 

 

↑1062 

 

 

↓0,6246

 

 

↑1,3965

 

 

↑1,2255

 

 

↓0,5000

 

 

Andijon viloyati

 

 

↓917

 

 

↓0,6225

 

 

↑1,0644

 

 

↑1,1078

 

 

↑1,0000