Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari ushbu soha inson salomatligi, hayot sifati, kerak boʻlsa, iqtisodiy xavfsizlik bilan ham bogʻliq ekanini taʼkidladi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga soʻnggi toʻqqiz yilda sohaga 1,8 milliard dollar investitsiya kiritilib, 140 ta yangi quvvat ishga tushdi, korxonalar soni 300 dan oshdi, shundan 58 tasi dori ishlab chiqaruvchilardir.
Ishlab chiqarish hajmi 3,5-marta oʻsib, 7 trillion 300 milliard soʻmdan ortdi, mahalliy dori vositalari esa 2 karra koʻpaydi. Oʻzimizda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari 55 ta davlatga kirib bordi. Farmatsevtika sohasidagi ish oʻrinlari soni 40 mingdan oshdi.
Umuman, Oʻzbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi.