Vazirning taʼkidlashicha, 2023-yildan boshlab, Davlat tibbiy sugʼurta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shuningdek, Navoiy viloyatida ham tibbiy sugʼurta yoʼlga qoʼyiladi.
Buning uchun:
- bir oy muddatda tibbiy sugʼurta tizimini joriy etish boʼyicha qaror ishlab chiqiladi;
- Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan taʼminlashga 30 mIlliard soʼm yoʼnaltiriladi;
- Poytaxtda 2023 yil 1 iyuldan tibbiy sugʼurta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.
Bunda tibbiyot muassasalari toʼliq raqamlashtiriladi, har bir bemor qachon, qayerda va qanday davolanishi haqida aniq maʼlumotga ega boʼladi.