E'tiborlisi, “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga a'zo korxonalar tomonidan 6 million 750 ming metr kvadrat mahsulot tayyorlandi.
Eng ko'p mahsulot Farg'ona viloyatida joylashgan yillik quvvati 4,3 million metr kvadrat bo'lgan “Moderna Ceramic Industries Ferghana” MCHJ HK tomonidan tayyorlangan. O'tgan davr mobaynida korxonada 2,635 million metr kvadrat mahsulot ishlab chiqarildi. Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan eksportyor korxonalardan biri “Prime ceramics” MCHJda shu kungchacha 1,426 million metr kvadrat keramik plitkalar mijozlarga yetkazildi. Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sirdarya Ceramic Production” MCHJ QKda hisobot davrida 2,030 million metr kvadrat mahsulot tayyorlangan.
Shuningdek, “National Ceramics” MCHJ QK (1,362 mln metr kvadrat), “Great wall ceramic industries” MCHJ (819 ming metr kvadrat), “Orient-ceramic” MCHJ (759 ming metr kvadrat), “Premium elegant ceramics” MCHJ (230 ming metr kvadrat), “Lyux Granit” MCHJ (686 ming metr kvadrat), “Flate Tile” MCHJ (720 ming metr kvadrat) kabi korxonalar tomonidan mahalliy keramik plitkalar xaridorlarga yetkazilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahalliy keramik plitkalari dunyoda o'z o'rniga ega. Boisi, ushbu mahsulotlarga nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida talab o'sib bormoqda. Shu bois korxonalar tomonidan yangi texnologiyalar o'rnatilib, ishlab chiqarish hajmi kengaytirilyapti.
E'tiborlisi, o'tgan davrda korxonalar tomonidan 12,8 million dollarlik keramik plitkalar eksport qilingan. Bu borada “Prime ceramics” MCHJ, “Orient-ceramic” MCHJ va “Moderna ceramic industries Fergana” MCHJlarida ko'rsatkichlar yuqori hisoblanadi. Milliy mahsulotlarimizni eksport qilishda Qozog'iston Respublikasi peshqadam hisoblanadi. Qo'shni davlatga 4 million 485 ming metr kvadrat keramik plitkalar yetkazib berilgan. Shuningdek, Tojikiston Respublikasi 4,190 mmillion dollarlik, Qirg'iziston esa 2,167 million dollarlik mahsulot xarid qilgan. e'tiborlisi, yurtimizda ishlab chiqarilgan keramik plitkalar Yevropa davlatlari Rossiya Federatsiyasi (37,3 ming metr kvadrat) va Ozarbayjon (104,783 metr kvadrat)ga ham eksport qilingan.
“O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
axborot xizmati