Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 79237 nafar kishidan 968 nafari shifoxonada qolmoqda. Kasallik ularning 153 nafarida ogʻir, 29 nafarida oʻta ogʻir va 786 nafarida yengil kechyapti.

Xitoyning “Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasini xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan, 9000 nafar koʻngillilar orasida immunizatsiya tadbirlarini oʻtkazilishi uchun vaksina olib kelingan.

Oʻzbekistonga 8 nafar xitoylik mutaxassis kelgan, ular bugungi kunda Innovatsiyani rivojlantirish vazirligi bilan xamkorlikda 3 faza klinik bosqichini amalga oshirmoqda.

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligiga qarashli 3ta poliklinikada, Innovatsion rivojlanish vazirligining koʻrgazmalar zalida va Yunusobod tumani 15-sonli oilaviy poliklinikada jami 5 ta muassasada COVID-19ga qarshi koʻngillilarni skringdan oʻtkazish va vaksinatsiya qilish uchun maxsus joy tashkil qilingan.

Bugun qadar 14274 nafar koʻngilli tibbiy koʻrik va suhbatdan oʻtkazildi.Ularning 6751 nafarida (47,3 foiz) vaksinatsiyaning 3-klinik sinov bosqichlari amalga oshirildi.

Respublikamizga COVAXga aʼzo davlatlar singari vaksinani olib kiritilishi boʻyicha ham buyurtma kiritilgan boʻlib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va YUNISEF xalqaro bolalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha reja kiritildi.

Shuningdek, Rossiyada ishlab chiqilgan SPUTNIK-V vaksinasini ham respublikamizga olib kelinishi, ushbu vaksinani sertifikatlash va emlash tadbirlarini boshlanishi boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.