Oʻzbekistonda Lada avtomobillari ishlab chiqariladi

    Sanoat 2 Iyun 2022 1634

    Oʻzbekistonda Lada avtomobillarini ishlab chiqarishga tayyorgarlik boshlandi.

    Oʻzbekistonning “ADM Djizak” zavodida toʻliq siklda Lada avtomobillarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya”ga bergan intervyusida Rossiyaning YEEK (Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi)ning sanoat va agrosanoat kompleksi boʻyicha vaziri Artak Kamalyan maʼlum qilgan.

    2021-yil oktyabridan u yerda Lada: Vesta, XRay, Largus avtomobillarining yirik mexanizmlarni yigʻish ishlari (SKD) amalga oshirilib kelinyapti. Vazirning soʻzlariga koʻra endi kuzovni payvandlash va boʻyashni nazarda tutadigan toʻliq ishlab chiqarish siklini tashkil etish masalasi ishlab chiqilyapti.

    “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga koʻra, ayni paytda “ADM Djizak”da yangi ishlab chiqarish binosi qurilishi va uni jihozlash ishlari olib borilyapti. U yerda Lada Vesta i Lada XRay modellari ishlab chiqarilishi uchun tayyorgarlik ketyapti”, — dedi vazir.

    Kamalyan yana shuni qoʻshimcha qildiki, Lada Oʻzbekistonda asosan ichik bozor uchun ishlab chiqariladi. “AvtoVAZa” mahsulotlarini Oʻzbekistonda yigʻilishi mahalliy xaridorlar uchun narx borasida ancha qulaylik tugʻdirishi shubhasiz.