Oʻzbekistonda “Lada” va “Lada Xray” avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi

    Sanoat 21 Sentabr 2021 3558

    “Lada” avtomobili Oʻzbekistonning Jizzax viloyatida ishlab chiqarila boshlandi, deb xabar beradi respublikadagi Rossiya avtomobillarining rasmiy dileri “Roodell” kompaniyasi.

    “Oʻzbekistonda “Lada” avtomobili seriyali ishlab chiqarila boshlandi. Yirik kuzov yigʻish uslubida (SKD) ishlab chiqarilgan “Lada Vestra SW” va “Lada Xray”larning dastlabki modellari dilerlar tarmogʻiga yuborilishga tayyor”, — deyiladi xabarda. Kompaniyadan olingan maʼlumotlarga koʻra, yaqin vaqtlarda ular qatoriga “Lada Largus” qoʻshiladi.

    “Roodell”ning xabar berishicha, “Lada” modellarining yigʻilishi Jizzax viloyatidagi “Jizzax” erkin iqtisodiy hududida joylashgan “ADM Jizzakh” avtomobil zavodida tashkil etilgan.

    “Ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning eng yuqori sifati va ishonchliligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish “Avto VAZ”ning uskunalarga, texnologik jarayonga va sifat nazoratiga qoʻyilgan barcha talablarini inobatga olgan holda yoʻlga qoʻyilgan. “Lada” avtomobilining joyida yigʻilishi trade-in kredit dasturi tufayli uni mahalliy isteʼmolchilar uchun arzonligiga xizmat qiladi. Undan tashqari, lokal yigʻish davlat xaridida ishtiroki hisobidan mijozlar qamrovini oshiradi. Bu esa “Lada” brendining Oʻzbekistonda mavjudligini kengaytiradi”, — deb qoʻshimcha qildi kompaniyada.

    2020-yilda mamlakat boʻylab 18ta markazni oʻz ichiga olgan “Roodell” diler tarmogʻi orqali Oʻzbekistonda 5 mingtadan oshiq “Lada” avtomobili sotilgan, deb xabar beradi “Praym” iqtisodiy axborotlar agentligi.