"Dunyo" AAning xabar berishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Latviya ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va transport-logistika hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Latviya tomoni Oʻzbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkori sifatida koʻrishini taʼkidladi. Shuningdek, mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgani va ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi oshganini urgʻulandi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, “Uzbekistan Airways”ning Toshkent-Riga yoʻnalishi boʻyicha parvozlari sonini oshirish, aviakompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Osiyo yoʻnalishida qoʻshma reyslarni ishlab chiqish, elektron tijoratni faollashtirish va mamlakatimizda Latviya pochtasi vakolatxonasini ochish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.