Samarqand viloyati YHXB tomonidan Samarqand shahridagi maktablar va aholi gavjum joylarda yevropa tajribasidan andoza olingan holda “qavariq” piyodalar oʻtish joylari tashkil etilmoqda.
Ushbu oʻtish joylarining yana bir qulayligi tunda nur qaytarish xususiyatiga ega boʻlib, haydovchilar oldindagi piyodalar oʻtish joyini aniq koʻra oladi, deya xabar beradi viloyat ichki ishlar boshqarmasi.
Yoʻllarda piyodalarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.