O‘zbekistonda Markaziy Osiyo innovatsion vaksinalar markazi loyihasi ishga tushiriladi

    Sanoat 27 Oktabr 2022 955

    Joriy yil 26-oktyabrda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Xitoyning «LuYe Luye Life Sciences Group» kompaniyasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov, agentlik rahbari Sardor Kariev va kompaniya rahbari Lyu Dionbo O‘zbekistonda Markaziy Osiyo innovatsion vaksinalar markazi loyihasini ishga tushirish masalalarini muhokama etdi.

    Tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha zarur bo‘lgan normativ baza, infratuzilma va ma'muriy sohadagi tafsilotlarni muhokama etib, tez orada loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasini tuzishga kelishib oldilar. Uchrashuv natijasida loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tuzishga kelishib olindi.

    Eslatib o‘tamiz, «Innovatsion vaksinalar markazi»ni tashkil etishi bo‘yicha Memorandum joriy yil 13 sentyabrda ShHTga a'zo davlat rahbarlari sammiti doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov hamda «Luye Invetment Group Co.,Ltd» kompaniyasining kompaniyasi rahbari o‘rtasida imzolandi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.