Bu haqda AOKAda “Oʻzagroisnpeksiya” mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi:

«Elektron baza bugungi kunda 301 ming donadan ziyod texnika, jumladan 14 ming dona haydov, 50 mingdan ortiq chopiq, 71 mingga yaqin transport traktorlari, 6 ming yaqin gʻalla oʻrish kombayni, 31 mingdan ortiq melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikalari, 1000 ortiq zamonaviy yuqori unumli paxta terish mashinalasi va boshqa texnikalar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni jamlagan.

Elektron baza ishga tushirilishi natijasida texnikalarni roʻyxatga olish, roʻyxatdan chiqarish, ularning aniq xisobi va texnika holatini hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berishni onlayn nazorat qilish yoʻlga qoʻyildi.

Texnikalarning elektron raqamli hisobi yuritilishi natijasida, elektron baza Davlat xizmatlari agentligi va Majburiy ijro byurosi bilan integratsiya qilish ishlari yakunlandi.

Buning natijasida, shu kungacha Davlat xizmatlari agentligining 1 mln 217 ming 280 ta hamda Majburiy ijro byurosining 2 ming 355 ta soʻroviga elektron shaklda toʻgʻridan-toʻgʻri, inson faktori aralashmagan holda maʼlumot almashinishi taʼminlandi.

Shuningdek, elektron bazani Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan integratsiya qilish ishlari yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda».