Bu haqda Hamdo'stlik mamlakatlari hukumat rahbarlarining videokonferentsiya shaklida bo'lib o'tgan navbatdagi uchrashuvida ma'lum qilindi. Muhokama ishtirokchilari MDHning 2030 yilgacha bo'lgan davrda iqtisodiy rivojlanish strategiyasi loyihasini qabul qildilar. Hujjatda Hamdo'stlik mamlakatlarining maqsadlari, asosiy vazifalari va iqtisodiy sohadagi davlatlararo hamkorlik mexanizmlariga nisbatan kelishilgan yondashuvlar aks etgan.

Bundan tashqari, hukumat rahbarlari transport, qurilish, energetika, shuningdek, ta'lim, sayyohlik, sport, madaniyat, yoshlar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan qator hujjatlarga imzo chekdilar.