Bu haqda “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida soʻz borgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tarbiya muassasalaridagi bolalar muammolarini oʻrganish hamda hal etish boʻyicha “Mehr daftari” tizimini hayotga tatbiq etish vazifasi yuklatildi.
Qarorda belgilanganidek, 2021-yil 1-noyabrdan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi. Jamgʻarma mablagʻlari esa homiylik, alkogol mahsulotlari ulgurji savdo korxonalari sof tushumining 3 foizi miqdoridagi ajratma (yillik 85 mlrd soʻm) hisobidan shakllantiriladi.
Shuningdek, yetim bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlanmoqda.