Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida 3 ta hayvonot bogʻlari faoliyat yuritmoqda. Ular Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan.
Mazkur hayvonot bogʻlarida jami 11 576 dan ortiq hayvonot dunyosi jonzotlarining turlari mavjud. Ular kuyidagilar:
33 turdagi quruqlikda va suvda yashovchilar;
412 turdagi sudralib yuruvchilar;
606 turdagi sut emizuvchilar;
5973 turdagi baliqlar;
1947 turdagi parrandalar;
2605 turdagi boshqa jonzotlar.