Qayd etilishicha, O‘RI kasalligi ko‘rsatkichlarida epidemik bo‘sag‘adan (epidemik parog) 34,3 foiz pastligi kuzatilmoqda.
Bolalarning o‘tkir respirator infeksiya bilan kasallanish yoshma-yosh tahlil qilinganida, kasallanishni eng yuqori ko‘rsatkichi 0-1 yoshdagi bolalar o‘rtasida ro‘yxatga olingan bo‘lib, intensiv ko‘rsatkich shu yoshdagi 100 ming bola soniga nisbatan 368.3ni tashkil etmoqda.
"Gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar bilan og‘rigan bemorlarni davolash maqsadida respublika bo‘yicha 8838 ta bemor o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularda 6000 nafar bemor davolanmoqda", deyiladi xabarda.