Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, oltin-valyuta zaxiralari miqdori 2025-yil iyul oyi yakuniga koʻra, 48,74 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu oʻtgan oyga nisbatan 0,4 foizga koʻp boʻlib, 193,7 million dollar.
Yil boshidan buyon mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 7,56 milliard dollarga (18,4 foizga) oʻsdi.
Maʼlumot uchun, iyunda Oʻzbekiston dunyo boʻyicha eng koʻp oltin xarid qildi. 2025-yil iyun oyida dunyo markaziy banklari jami 22 tonna oltin sotib olgan.