Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

Zaxiralar oʻsishida asosiy rol oltin qiymatining 18,8 mlrd. dollarga oshishi boʻldi.

Dekabr oyida zaxiralar hajmi yanada oʻsishda davom etdi va oy davomida 5,079 mlrd. dollarga oshib, navbatdagi tarixiy rekordni oʻrnatdi.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatiga zaxiradagi aktivlarning umumiy qiymati 66,3 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich, mamlakatning xalqaro zaxiralar statistikasi ochiqlanishidan beri yangi rekorddir.

2025-yilning yanvarida oltin zaxirasi 32 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, dekabrga kelib qariyb 51 mlrd. dollarga yetdi.

Dekabr oyida oltin qiymati yana 4,2 mlrd. dollarga oshib, 55,1 mlrd. dollarni tashkil qildi.

Fizik hajm 400 troy unsiyaga koʻpayib, 12,6 mln. troy unsiyaga yetdi.

Xalqaro zaxiralar tarkibida xorijiy valyutadagi zaxiralar ham oʻsdi (+829,1 mln. dollar) va 10,6 mlrd. dollarga yetdi.

Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar qiymati 503,3 mln. dollarga oshib, 1 526,5 mln. dollarga yetdi.

Qimmatli qogʻozlar: 1 531 mln. dollar (+5,3 mln.)

Naqd valyuta va depozitlar: 9 112 mln. dollar (+823,9 mln). Xorijiy valyutadagi boshqa aktivlar hajmi 21,8 mln. dollarga oshib, 93,9 mln. dollarga yetdi. Bu tarkibda rasmiy zaxira aktivlarga kiritilmagan depozitlar 42,34 mln. dollar, rasmiy zaxira aktivlarga kiritilmagan oltin 51,52 mln. dollarni tashkil etadi.

2025-yilda Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oʻsishi va rekord darajaga erishishi mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi va xalqaro moliyaviy pozitsiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.