Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valyuta zaxirasi haqida maʼlumot berdi.
Aniqlik kiritilishicha, fevral oyiga nisbatan bu koʻrsatkich 1,05 milliard dollarga kamaygan.
Oʻtgan bir oyda zaxiradagi oltin sof hajmi 0,23 million troya unsiyaga ( 7,15 tonnaga) oshdi va 11,2 million troya unsiyani tashkil etdi, qiymati esa 549 million dollarga kamaydi. Bu asosan oltin narxlarining pasayishi bilan izohlanadi.
Oʻtgan yil oxirida valyuta aktivlari va monetar oltinni oʻz ichiga olgan oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2019-yilga nisbatan 19,2 foizga oʻsib, 34,9 milliard dollarga yetgandi.
Ilgari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi valyuta zaxiralari nima uchun kamayganini va oltinning sof hajmi oshganini izohlagan edi.