Bu haqda Milliy Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — bu yerda oʻrtacha ish haqi 10 138,4 ming soʻmni tashkil qilib, 18,8 foizga oshgan.

Shuningdek:

  • Sirdaryo viloyatida oʻrtacha ish haqi 4 789,8 ming soʻm (oʻsish — 18,0%),
  • Jizzax viloyatida — 4 476,8 ming soʻm (17,0%),
  • Fargʻona viloyatida — 4 443,8 ming soʻm (16,9%),
  • Namangan viloyatida — 4 350,1 ming soʻm (16,6%)
  • Surxondaryo viloyatida — 4 256,5 ming soʻm (16,1%)ni tashkil qildi.

Boshqa hududlarda ham maʼlum oʻsish kuzatilgan boʻlsa-da, oʻsish surʼati yuqoridagi viloyatlarga nisbatan pastroq boʻldi:

  • Andijon viloyati — 4 935,3 ming soʻm (11,0%)
  • Navoiy viloyati — 7 486,4 ming soʻm (13,4%)
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 4 757,2 ming soʻm (14,2%)
  • Qashqadaryo viloyati — 4 148,3 ming soʻm (14,3%)
  • Buxoro viloyati — 4 787,3 ming soʻm (14,8%)
  • Toshkent viloyati — 5 674,4 ming soʻm (15,3%)
  • Xorazm viloyati — 4 720,1 ming soʻm (15,6%)
  • Samarqand viloyati — 4 435,4 ming soʻm (15,8%)

Maʼlumotlarga koʻra, ish haqining oʻsish surʼati har bir hududda turlicha boʻlib, iqtisodiy faoliyat turlari, ishchi kuchiga boʻlgan talab va mintaqaviy infratuzilmaning rivojlanish darajasi bilan bogʻliq.