Bugun kunduz kuni respublika boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutilyapti. Kunning oʻrtasiga kelib, havo 12-15o iliqgacha isiydi.
28-fevral va 1-2-mart kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim tumanlarida 2-mart kuni baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 2-martda kechasi 2-7o iliqni, kunduzi 17-22o iliqni tashkil etadi.
Respublikaning togʻli hududlarida 27-28-fevral kunlari qor koʻchishi xavfi bor.
3-artda respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilyapti. Respublika hududi boʻyicha bulutlilik kuchayadi, togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va 12-17o iliqni tashkil etadi.
2-3-mart kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.