Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi band qilganlar 200 mingdan oshdi

    Ijtimoiy hayot 1 Avgust 2020 1412

    Avval xabar qilinganidek, oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlashni istovchilar uchun ish staji va pensiya hisoblanishi mumkin boʻlgan, qonuniy bandlikning yangi maqomi – “oʻzini oʻzi band qilgan shaxs” joriy etildi.

    1-iyuldan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan roʻyxatdan oʻtishning soddalashtirilgan tartibi tatbiq etildi. Buning uchun, SOLIQ (ssilka) mobil ilovasini yuklab olib, uning “Oʻzini oʻzi band qilish” boʻlimidan foydalanishning oʻzi kifoya.

    DSQ matbuot xizmati xabariga koʻra, 2020-yil 30-iyul holatiga oʻzini oʻzi band qilganlarning umumiy soni 201 283 nafarni tashkil etdi. Hududlar kesimida yetakchi uchlik – Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlari.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi

    8 997

    Andijon viloyati

    11 713

    Buxoro viloyati

    21 641

    Jizzax viloyati

    5 857

    Qashqadaryo viloyati

    14 476

    Navoiy viloyati

    6 729

    Namangan viloyati

    24 368

    Samarqand viloyati

    28 515

    Surxondaryo viloyati

    11 446

    Sirdaryo viloyati

    5 852

    Toshkent viloyati

    13 855

    Fargʻona viloyati

    17 466

    Xorazm viloyati

    11 268

    Toshkent shahri

    19 100

    Oʻzini oʻzi band qilganlar uchun mavjud boʻlgan 67 turdagi faoliyatdan Axborot kommunikatsiya yoʻnalishi boʻyicha xizmatlar (ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, dasturiy taʼminot, mobil ilovalar va veb saytlarnii ishlab chiqish, matnni yaratish va ishlov berish) - 2 995 nafar shaxs oʻzini oʻzi band qilgan.

    Eng ommabop – Maishiy xizmatlar (sartaroshlik, manikyur, kosmetolog, pedikyur, uyda kir yuvish va dazmollash, kalitlar tayyorlash, poyabzal tikish, taʼmirlash va boʻyash xizmatlari). Mazkur yoʻnalishda 54 932 nafar aholi band.

    Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha xizmatlar (chorva mollarini oʻtlatish, ularni parvarish qilish, qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini ekish va parvarish qilishda tomorqa egalariga yordam berish) sohasida esa 42 947 nafar shaxs oʻzini oʻzi band qilgan;

    Sanoat yoʻnalishi boʻyicha xizmatlar (yogʻoch meʼmorchiligi, santexnika xizmati, elektr montaj ishlari, makulatura, plastik idish, temir tersak toʻplash va qoʻshimcha xomashyo toʻplash) bilan 34 768 nafar shaxs shugʻullanmoqda;

    Ijtimoiy yoʻnalishlar boʻyicha xizmatlar (uyda repetitorlik qilish, bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish, uy xoʻjaligini yuritish, xonalarni tozalash, xalq tabobati) sohasini 33 837 nafar shaxs maʼqul topgan;

    Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishda (non, uyda pop-korn, muzqaymoq, salatlar, salqin ichimliklar, ayron, goʻja hamda dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish) 31 788 nafar fuqaro roʻyxatdan oʻtdi;

    Oʻzini oʻzi band qilishning afzalliklari haqida eslatib oʻtamiz:

    - mehnat faoliyati natijasida olgan daromadlaringiz jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi;

    - bir yilda bir marta ijtimoiy soliq toʻlash kifoya (2020-yil uchun eng kamida 111 500 soʻm);

    - oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar boʻlgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlaydilar.