Taʼkidlanishicha, ularning 11 nafari ayol.
Shundan:
- 28 nafari yoki 28,9 foizi 100 yoshga toʻlgan va 100 yoshdan katta (shundan, 3 nafari yoki 10,7 foizi ayollar);
- 13 nafari yoki 13,4 foizi 99 yoshga toʻlgan (shundan, 1 nafari yoki 7,7 foizi ayollar);
- 31 nafari yoki 32,0 foizi 98 yoshga toʻlgan (shundan, 3 nafari yoki 9,7 foizi ayollar);
- 21 nafari yoki 21,7 foizi 97 yoshga toʻlgan (shundan, 3 nafari yoki 14,3 foizi ayollar);
- 2 nafari yoki 2,0 foizi 96 yoshga toʻlgan;
- 1 nafari yoki 1,0 foizi 95 yoshga toʻlgan;
- 1 nafari yoki 1,0 foizi 94 yoshga toʻlgan.
1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlariga pensiyasidan tashqari toʻlanayotgan ustama haq, kompensatsiya va qoʻshimchalar:
- pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi miqdorida ustama haq – 520 500 soʻm har oyda;
- 100 yoshga toʻlgan va 100 yoshdan kattalarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida – 347 000 soʻm har oyda;
- pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash uchun kompensatsiya puli – 173 500 soʻm har oyda;
- bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena mahsulotlari oʻrniga qoʻshimcha toʻlov – 330 000 soʻm har oyda;
- bazaviy hisoblash miqdorining 1500 foizi miqdorida bepul yetkazib beriladigan kiyim bosh hamda oyoq kiyim tovarlari oʻrniga kompensatsiya puli – 4 950 000 soʻm bir yilda bir marotaba.